Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ikki kishi gaz balloni portlashidan halok bo‘lmagan, ular o‘ldirilgan va yoqib yuborilgan - IIV
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida mudhish qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2018 yil 14 aprel kuni, “Obod” MFY Gulzor ko‘chasida yashagan, 1982 y.t. F.K.ning uyi hammomida gaz ballonidan sizib chiqib xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lishi natijasida hammom oldida joylashgan o‘tinxonaning ichki qismi yonib zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida F.K. hamda, birga yashagan onasi, 1953 y.t. M.T.ning kuygan holdagi jasadlari topilgan edi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida marhuma M.T.ning o‘g‘li, “Do‘stlik” MFY Firdavsiy ko‘chasida yashovchi, 1978 y.t. A.T. oldindan bo‘lgan adovati tufayli qasd olish maqsadida 12 aprel kuni soat 15.00larda, onasi, marhuma M.T.ning uyiga borib, u bilan o‘zaro janjallashib, uni va o‘gay singlisi, F.K.ning boshi va tanasi turli joylariga temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirib, jinoyatni yashirish maqsadida 13 aprel kuni soat 21.00larda, shu yerga qaytib kelib, jasadlarni ustiga kerosin suyuqligini sepib, o‘tinxonadagi gaz ballonni ochib, olov yoqib, o‘zi voqea joyidan yashiringanligi aniqlangan.
A.T. qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryodagi xonadonda gaz balloni portlagani, ikki kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
16:53 / 04.06.2026