Andijon viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga xizmat safari uyushtirdi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
Chin yurtiga bir guruh tadbirkorlar bilan tashrif buyurgan viloyat rahbarining maqsadi ayni paytda sanoat, ishlab chiqarish borasida dunyoda yetakchi o‘rinni egallab turgan davlat tajribasini o‘rganish, viloyatda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va Andijonga uskunalar keltirishdan iborat.
Delegatsiya, o‘z safari davomida Xefey, Uxu, Shanxay va boshqa shaharlarda bo‘lib, keng iste'mol va sanoat mollari ishlab chiqaruvchi korxona va zavodlardagi ish jarayoni bilan tanishadi.
Bundan tashqari, Ho‘jaobod tumanida «Anxoy Konch sement» kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilishi ko‘zda tutilayotgan sement zavodi bo‘yicha, «Nang Yang MF Industrial, Co. Ltd» kompaniyasi bilan “Bobur MF” jamiyatida bunyod etiluvchi bo‘yoq tizimi yuzasidan va yana bir qator kompaniyalar bilan manfaatli kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan. Yana «Hefei Meiling Group» muzlatgich va kir yuvish mashinalari ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan muzokaralar olib boriladi.
19 aprel kuni delegatsiya a'zolari Xefey shahridagi tadbirkorlar palatasida bo‘ldi va JAC Motors avtomobil zavodida ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
19:51 / 24.04.2023