Fan-texnika | 19:39 / 20.04.2018
5024
1 daqiqa o‘qiladi

Apple ayfonlarni qayta ishlovchi yangi robotni namoyish qildi

Foto: Apple Inc

Yer kuni munosabati bilan Apple kompaniyasi smartfonlarni qismlarga bo‘laklay oladigan “Deyzi” robotini ko‘rsatdi. Bu haqda Engadget nashri xabar berdi. 

“Deyzi” kompaniyaning R&D bo‘linmasi tomonidan yig‘ilgan va ishlatilgan ayfonlarni tez bo‘laklash uchun mo‘ljallangan. Qurilmalarning ehtiyot qismlari utillashtiriladi yoki yangi ayfonlarda qo‘llanadi. Statistikaga ko‘ra, mashina avtomatik rejimda soatiga 200 tagacha smartfonni (bir daqiqada 3 ta qurilma)  bo‘laklay oladi. 

Bu robot kompaniyaning qurilmalarni tez bo‘laklash uchun chiqarilgan birinchi roboti emas. Ikki yil avval Apple “Deyzi” kabi smartfonlarni bo‘laklaydigan “Liama” robotini namoyish qilgandi. 

Joriy yilda Yer kuni 22 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid