Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQShni yadroviy bitimdan voz kechish oqibatlaridan ogohlantirdi
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif agar AQSh Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqsa, Tehron Vashington uchun noxush bo‘ladigan bir qator choralar ko‘rishini aytdi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi.
Zarif AQSh kelishuvdan voz kechsa, Eron o‘z manfaatlaridan kelib chiqib harakat qilishi va kelishuv doirasida hamda unga kirmaydigan choralarni qo‘llashi mumkinligini aytdi.
“Eron AQSh kelishuvdan voz kechadigan bo‘lsa qo‘llaydigan choralarni belgilab oldi va xalqaro hamjamiyatning munosabati amerikaliklar uchun juda yoqimsiz bo‘ladi”, deb aytgan Zarif Nyu-Yorkka kelgach. U bu yerda BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etadi.
AQSh kelishuvning o‘zgartirilishini talab qilmoqda. AQSh yevropalik hamkorlari kelishuvning kamchiliklarini to‘g‘rilash ustida ishlamasalar, undan chiqishini aytmoqda.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026