Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi korxona Xitoy safari davomida 200 million dollarlik kelishuv imzoladi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
Chin yurtiga bir guruh tadbirkorlar bilan tashrif buyurgan viloyat rahbarining maqsadi ayni paytda sanoat, ishlab chiqarish borasida dunyoda yetakchi o‘rinni egallab turgan davlat tajribasini o‘rganish, viloyatda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va Andijonga uskunalar keltirishdan iborat.
Uxu shahridagi rasmiy uchrashuvlar davomida Shahrixon tumanida faoliyat yurituvchi «Rash-Milk» korxonasi Xitoyning «Anxoy Konch» kompaniyasi bilan 200 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni o‘z ichiga olgan bitim imzoladi.
Mazkur memorandumga asosan Xitoy kompaniyasi o‘zbekistonlik hamkori bilan - sement ishlab chiqarish zavodi, turli profillar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, davolanish maskanlari va mehmonxonalar bunyod qilish loyihalari ustida ish olib boradi.
Ikki yil davomida amalga oshirilishi kuzda tutilgan loyiha asosida 2000 ta ish o‘rni yaratiladi.
Mavzuga oid
21:17 / 07.06.2026
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
08:35 / 05.06.2026
O‘zbekistonda Xitoyning yangi internet provayder zonalari paydo bo‘ladi
08:22 / 05.06.2026