Jahon | 20:40 / 22.04.2018
2878
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi yetakchi partiyalardan birini ilk bor ayol kishi boshqaradi

Foto: Reuters/Fabrizio Bensch

Germaniya sotsial-demokratik partiyasining 150 yillik tarixida uni ilk bor ayol kishi – Andrea Nales boshqaradigan bo‘ldi. Bu haqda Tagesschau nashri xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, partiya yetakchisi uchun ovoz berishda 47 yoshli Nales nomzodiga 414 nafar delegat (65 foiz) ovoz bergan. Uning raqibi, Flensburg shahri meri bo‘lmish Simone Langega 172 nafar yoki 27,5 foiz delegat ovoz bergan. Hammasi bo‘lib ovoz berishda 624 delegat qatnashgan, ulardan 38 nafari hech qaysi bir nomzodga ovoz bermagan. 

Nales avval partiyaning bosh kotibi hamda mehnat va jamoatchilik ishlari vaziri bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid