Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda saylov uchastkasida portlash. O‘ndan ortiq kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohatlandi
Foto: AP
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida ochilgan saylov uchastkasida sodir etilgan terakt oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lib, 20 nafarga yaqin kishi jarohatlandi.
Qayd etilishicha, portlovchi qurilma terrorchi xudkush tomonidan harakatga keltirilgan. Voqea joyida huquq-tartibot organlari xodimlari va shifokorlar ish olib borishmoqda.
Hozircha hech bir tashkilot ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Qayd etish kerakki, mamlakatda saylovlar arafasida terrorchi kuchlar faollashdi. Bundan oldinroq Gur provinsiyasida "Tolibon" harakati vakillari tomonidan saylov komissiyasining 3 nafar xodimi o‘g‘irlab ketilgandi.
Afg‘onistonda 2018 yilning oktabrida parlament saylovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 14 aprel kuni saylovchilarni ro‘yxatga olish jarayoni boshlandi. Shundan so‘ng, Afg‘oniston prezidenti "Tolibon"ga tinchlik jarayoniga qaytish va siyosiy kuch sifatida saylovlarda ishtirok etishni taklif qildi.
Mavzuga oid
14:30 / 17.05.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026