O‘zbekiston | 21:50 / 23.04.2018
44780
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Toshkentda prezidentlar «Ashxobod sayilgohi»ga tashrif buyurishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida poytaxtdagi Ashxobod sayilgohi ochildi.

Prezident matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Maxtumquli ko‘chasida barpo etilgan mazkur park 10 gektardan ortiq maydonni egallagan. Sayilgoh oldi va hududida favvoralar qurilgan. Turkmanistonning ramzi bo‘lgan axalteki otlarining haykallari o‘rnatilgan. Zamonaviy attraksionlar, xushmanzara daraxtlar, o‘rindiqlar, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari aholining mazmunli dam olishi uchun qulay sharoit yaratgan. 

«Davlat rahbarlari sayilgohni ko‘zdan kechirdi. Turkmaniston Prezidenti o‘zini Ashxobodda yurganday his qilganini ta'kidladi», deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov boqqa daraxt ko‘chatlari o‘tqazgan.

Turkmaniston Prezidentining mamlakatimizga davlat tashrifi davom etmoqda.

Mavzuga oid