Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘arb davlatlarining Suriyaga zarbasi KQTT surishtiruviga xalaqit berish edi – Lavrov
Foto: AFP /YURI KADOBNOV
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, g‘arb davlatlarining Suriyaga hujumi Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot (KQTT) ekspertlari ishiga xalaqit berishga yo‘naltirilgan edi. Bu haqda RT xabar bermoqda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Sharqiy G‘uta ekstremistlardan ozod etilgach, Suriya hududida «terrorchilik qoldiqlari bilan kurashda» tub burilish amalga oshishi lozim edi.
«Sochidagi Suriya milliy muloqot kongressi qarorlariga muvofiq konstitutsiyaviy komissiya ishi eng yaqin vaqt ichida boshlanishi bo‘yicha real imkoniyatlar paydo bo‘lganida, kimyoviy quroldan foydalanganlik bahonasi bilan fitna amalga oshirildi. KQTT ekspertlari voqea joyiga yetib kelishi kutib o‘tirilmasdan, bu sahnalashtirilgan spektal bo‘lganiga oid ko‘plab dalillar fonida zarbalar berildi», - deya ma'lum qildi Lavrov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mustaqil kuzatuvchilarga bu harakatlar maqsadi «Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot inspektorlari yo‘nalishi bo‘yicha surishtiruvga xalaqit berishga bo‘lgan urinish» ekani tushunarlidir.
Mavzuga oid
11:15 / 17.04.2026
AQSh Suriyadan barcha qo‘shinlarini olib chiqdi
23:30 / 07.04.2026
«Alisherning iltimosiga ko‘ra telefon qilyapman» – Lavrovning suhbatini tinglashdi
09:45 / 31.03.2026
Germaniya kansleri suriyalik qochqinlarni uyiga qaytishga chaqirdi
20:27 / 28.02.2026