Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyadagi avtohalokatda 32 nafar xitoylik halok bo‘ldi
22 aprelda Shimoliy Koreyada avtobus ishtirokidagi avtohalokatda 36 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Yana 2 kishi og‘ir jarohatlar olgan. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Lu Kan ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, xitoylik sayyohlar bo‘lgan avtobus Xvanxe-Pukto viloyatida ko‘prikdan tushib ketgan. NK News nashrining xabar berishicha, yo‘l transport hodisasi avtobus Keson shahridan kelayotganda yuz bergan. Kesondan Pxenyangacha yo‘lda ayni vaqtda katta ko‘lamli ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Avtohalokatga ob-havo sharoiti ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, 22 aprelda bu hududda yomg‘ir va kuchli shamol kuzatilgan.
“Hammasi bo‘lib 36 kishi halok bo‘lgan, ulardan 32 nafari Xitoy fuqarolari, 4 nafari shimoliy koreyaliklar. Yana 2 xitoylik og‘ir jarohatlar olgan. Biz xitoylik hamyurtlarimiz va Shimoliy Koreya fuqarolari halok bo‘lganidan qayg‘udamiz hamda ularning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deb aytgan Xitoy vakili.
Diplomatning aytishicha, Xitoy hukumati voqea tafsilotlarini o‘rnatish uchun Pxenyan bilan faol aloqalar olib bormoqda.
Mavzuga oid
17:41
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026