Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi karaoke-klubda yong‘in, 18 kishi halok bo‘ldi
Xitoy janubidagi Tsin'yuan shahrida joylashgan karaoke-klubda yuz bergan yong‘in oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» politsiya xabariga asosan yozmoqda.
Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat taxminan 0:30 (Toshkent vaqti bilan 21:30)da boshlangan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelishgan va oradan 25 daqiqa o‘tib yong‘in o‘chirildi, biroq halok bo‘lganlar soni juda ko‘p bo‘lgan. Shuningdek, hodisa oqibatida besh kishi jabrlandi, ular shifoxonaga yetkazildi.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘inga atayin o‘t qo‘yish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
12:29 / 25.06.2026