Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida qarzdor haydovchilarning 180dan ortiq transport vositasi jarima maydoniga qo‘yildi
M39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 806-871 km.lari oralig‘ida yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatilib, ishga tushirilganligi haqida xabar berilgandi.
Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2018 yilning 16 fevral kunidan 24 aprel kuniga qadar 44 800dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi. Qoidabuzar 15 000 nafardan ziyod haydovchilar belgilangan muddatlarda qonunda belgilangan tartibda jarimalarini o‘z vaqtida to‘lashdi.
Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘z vaqtida jarimani to‘lamagan haydovchilarga nisbatan maxsus tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilayotganligi to‘g‘risida internet tarmoqlari orqali ogohlantirilgan edi. Tadbirda 60 kun ichida jarimani to‘lamagan qoidabuzar haydovchilarning avtomashinasini jarima maydoniga qo‘yilishi nazarda tutilgan. Ushbu tadbirning ijrosini ta'minlash maqsadida reyd tashkil etilib, maxsus “AUTO CON” moslamasida aniqlangan 180dan ortiq transport vositalari jarima maydoniga qo‘yildi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasida talablari asosida 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:31 / 20.01.2026
Bo‘stonliqda Li9 yo‘lning xandaq qismiga tushib ketdi
19:01 / 18.01.2026
Toshkent viloyatidagi uylardan tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan 17,5 tonna qum va toshlar topildi
10:30 / 13.01.2026
Chotqol tizmasida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
11:15 / 07.01.2026