Suriyani parchalashni bas qilish kerak - Mogerini

Foto: RIA Novosti /Aleksey Vitvitskiy
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Suriya masalasiga doir xalqaro konferensiyada chiqish qilib, mamlakat parchalanishining oldini olishga chaqirdi.
"Suriyani parchalashni to‘xtatish kerak, aksincha, uni qanday qilib birlashtirish mumkinligi masalasini ko‘rib chiqish kerak", - dedi Mogerini.
Bryusseldagi Suriya bo‘yicha konferensiyaning asosiy natijasi mazkur muammo bo‘yicha turli pozitsiyalarni qo‘llovchi tomonlarning bu muammoni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligiga doir kelishuvi bo‘ldi, dedi Federika Mogerini.
"Biz barcha muammolar darhol hal qilinishini kutganimiz yo‘q, asosiysi, bir-birining pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamaydigan mamlakatlar vakillari Suriya mojarosini harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligi borasida hamfikr bo‘lishdi", - deydi u.
Mogerini o‘z chiqishida mazkur konferensiya Jyeneva jarayonini qayta tiklashga chaqirganini qayd etdi.
24-25 aprel kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tayotgan Suriya bo‘yicha xalqaro anjumanga 85 mamlakat va xalqaro tashkilotlar taklif qilingan.
Mogerinining ma'lum qilishicha, Eron bilan atomga doir kelishuv o‘zgarishsiz qolmoqda va uni bajarishda davom etish kerak.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Amerika davlat rahbari Donald Tramp bilan uchrashuvdan keyin Eron yadroviy dasturi bo‘yicha yangi bitim ustida ishlamoqchi ekanini ma'lum qilgan. Makronning so‘zlariga ko‘ra, yangi bitim to‘rt punktdan iborat bo‘ladi: 2025 yilgacha Eron yadroviy dasturining bloklanishi, har qanday yadroviy faollikka davomli taqiq, Eron ballistik dasturini to‘xtatish va mintaqadagi siyosiy barqarorlik uchun sharoit yaratish.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

19:01 / 07.05.2025
Suriya va Isroil BAA vositachiligida yashirin muzokaralar olib bormoqda - Reuters

12:44 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?

16:44 / 02.05.2025
«Damashqqa aniq signal». Isroil Suriya poytaxtiga zarba yo‘lladi

17:28 / 28.04.2025