Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AKT vazirligi va Turkmaniston aloqa vazirligi o‘rtasida bitim imzolandi
Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish (AKT) vazirligi hamda Turkmaniston aloqa vazirligi o‘rtasida ikki mamlakat radioxizmatlari foydalanadigan 29,7 – 960 MGs radiochastota tizimidagi o‘zlashtirilgan radiochastotalarni o‘zaro muvofiqlashtirishning texnik asoslari bo‘yicha bitim imzolandi. AKT vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Hujjat Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qarori asosida ikki mamlakat hukumati o‘rtasidagi shu nomdagi amaldagi bitim doirasida tayyorlandi.
Imzolangan idoralararo bitim O‘zbekiston va Turkmaniston chegara hududlarida radiochastotalar va radioelektron vositalar (radio)ning elektromagnit moslashuvini, ya'ni to‘siqlarsiz ishlashini ta'minlash uchun texnik shart-sharoitlarni belgilaydi.
Vazirlikdan ma'lum qilinishicha, ko‘chma, turg‘un va radiouzatish xizmatlari radiostansiyalari o‘zlashtirgan radiochastotalarni muvofiqlashtirish ikki davlat aloqa ma'muriyatlari tomonidan tasdiqlangan texnik parametrlar va shartlar asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026