23:09 / 26.04.2018
4507

MRB sobiq rahbari AQSh Davlat kotibi lavozimiga tayinlandi

Foto: Telekanal 24

AQSh Senatida faoliyat olib borayotgan 100 nafar senatordan 57 nafari Davlat kotibi lavozimiga Mayk Pompeo nomzodini tasdiqladi. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlab, Pompeo Senatning Xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mita a'zolari qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘z nomzodini mustahkamlab olgandi. Rasman ushbu vazifa Davlat kotibi o‘rinbosari Jon Sallivanga yuklatilgan bo‘lsa-da, Pompeo allaqachon diplomatik munosabatlarni dadil olib bormoqda.

Ma'lum qilinishicha, Pempeo va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasidagi ilk muzokara uchrashuvi 21 may kuni Buenos-Ayres shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda. Aynan shu sanada Katta 20talik davlat rahbarlarining sammiti ham o‘tkaziladi.

Ma'lumot uchun, Mayk Pompeo AQShdagi Harvard universiteti bitiruvchisi, ish faoliyatini neft qazib chiqarish maskanlariga texnika va anjomlar yetkazib berish bilan shug‘ullanishdan boshlagan.

U 2011-2017 yillarda Kanzas shtatidan Kongressga saylangan, xususan Razvedka, energetika va savdo qo‘mitasida ishlagan. 2017 yil mart oyidan boshlab esa AQSh MRB rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid
Top