Sport | 23:12 / 26.04.2018
6069
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. "Lokomotiv" 2ta penalti evaziga "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi

Foto: Lokomotiv

O‘zbekiston Superligasi 8-turidagi so‘nggi uchrashuv o‘tkazildi. 

"Bunyodkor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 

O‘yindagi ilk gol 59-daqiqada mezbonlar futbolchisi Toshmatov tomonidan kiritildi. Oradan 11-daqiqa o‘tib, Bikmayev 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganida yana Bikmayevning o‘zi penaltidan gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

Ushbu o‘yindan so‘ng "Lokomotiv" ochkolari sonini 11taga yetkazib, 5-o‘ringa chiqib oldi. "Bunyodkor" esa 16 ochko bilan 3-pog‘onani egallab turibdi. 

"Bunyodkor" – "Lokomotiv" 1:2

Gollar: 1:0 - 59 Toshmatov, 1:1 - 70, penalti Bikmayev, 1:2 - 86, penalti Bikmayev.
"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akramjon Komilov, 6.Anvar G‘ofurov, 8.Jovlon Ibrohimov (S), 11.Murodjon Toshmatov, 18.Sardor Sobirxo‘jayev, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 30.Xurshid G‘iyosov, 44.Mirjamol Qosimov, 99.Filip Rayevats.
"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev, 19.Xusniddin G‘ofurov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev (S), 22.Sanjar Shoahmedov, 27.Sardor Rashidov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteyev, 88.Igor Yyelich.

Mavzuga oid