Xitoydagi maktabda ro‘y bergan hujum qurbonlari soni ortdi
Xitoyning Shensi provinsiyasida pichoq bilan qurollangan shaxsning maktabga hujumi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni to‘qqiz kishiga yetdi. Bu haqda Xitoyning CGTN telekanali xabar bermoqda.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, maktab o‘quvchilaridan yetti nafar qiz va ikki nafar o‘g‘il bola halok bo‘ldi, yana to‘qqiz o‘quvchi jarohat oldi. Shu bilan birga, ikki kishi olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Ta'kidlanishicha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hujum qilgan shaxsni qo‘lga olishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zi maktabda tahsil olganida sinfdoshlari tomonidan tahqirlangani uchun o‘quvchilarga hujum qilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hujum kutilmagan bo‘lgan va mahalliy vaqt bilan soat 18:10da, bolalar maktabdan uylariga qaytayotganlarida sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023