Sudlanganlik holati, sudlanganlik muddatining, sudlanganlikni olib taşlanişi haqida “Inson va qonun” naşri qisqa ma'lumot berdi.
Sudlanganlik nima?
Sudlanganlik - şaxsning sodir etgan jinoyati uçun hukm etilganligidan kelib çiqadigan huquqiy holat.
Şaxs qaçon sudlangan deb hisoblanadi?
Faqatgina jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuçga kirgan kundan boşlab şaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan şaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.
Sudlanganlik holati qaçon tugaydi?
Şaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:
şartli hukm qilinganlarga nisbatan - sinov muddati tugagan kundan boşlab;
majburiy jamoat işlari, xizmat böyiça çeklaş yoki intizomiy qismga jönatiş tarzidagi jazolarini ötab çiqqaç;
jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, şuningdek muayyan huquqdan mahrum qiliş yoki axloq tuzatiş işlari jazolari ötalganidan keyin bir yil ötgaç;
ozodlikni çeklaş jazosi ötalganidan keyin - ikki yil ötgaç;
beş yildan köp bölmagan muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi ötalganidan keyin - tört yil ötgaç;
beş yildan ortiq, lekin ön yildan köp bölmagan muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi ötalganidan keyin - yetti yil ötgaç;
ön yildan ortiq, lekin ön beş yildan köp bölmagan muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi ötalganidan keyin - ön yil ötgaç.
Sudlanganlik holatining tugaş muddati ötmasdan turib olib taşlaş mumkinmi?
Mumkin. Buning uçun quyidagi harakatlar amalga oşirilişi kerak:
şaxs ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötab bölganidan keyin unga nisbatan ma'muriy jazo yoki intizomiy ta'sir çoralari qöllanilmagan bölişi kerak;
yuqorida sanalgan muddatlarning kamida yarmi ötgan bölişi kerak;
jamoat birlaşmasi, fuqarolarning özini-özi boşqariş organi, jamoa yoki jazoni ötab çiqqan şaxsning özi sudga sudlanganlikni olib taşlaş haqida iltimosnoma bilan murojaat qilişi kerak.












