Google Xitoy harbiylariga yordam berişi haqidagi AQŞ prezidenti Donald Trampning ayblovini rad etdi. Bu haqda Wall Street Journal muxbiri korporatsiya matbuot kotibiga tayanib xabar berdi.
«Biz xitoylik harbiylar bilan işlamaymiz. Biz AQŞ hukumati, xususan, mudofaa vazirligi bilan kiberxavfsizlik, rekruting va soğliqni saqlaş sohalari böyiça işlaymiz», — deyiladi bayonotda.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Google kompaniyasini Xitoy harbiylariga yordam berişda ayblagandi.
“Google AQŞga emas, Xitoy va ularning harbiylariga yordam bermoqda. Yaxşi yangilik şundaki, ular Trampga emas, qallob Xillari Klintonga yordam berişgan. Xöş, bularning barçasi nima bilan yakunlandi?”, deb yozgandi Tramp tvitterda.
14 mart kuni Pentagonda Google’ning Xitoy bilan hamkorlik qilişi böyiça xavotir bildirilgan. AQŞ ştablari boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi general Jozef Danford kongressdagi nutqida “Google Xitoyda olib borayotgan işlar xitoylik harbiylarga foyda keltirayotganini” aytgan.








