Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga yana ikkita jinoyat işi – IES modernizatsiyasi va ofis sotib oliş böyiça ayblov e'lon qilindi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma'lum qildi.
"Harbiy prokuratura yana ikkita jinoyat işi - IES modernizatsiyasi va Forum binolari böyiça bildirişnoma e'lon qildi", - dedi Slesarev.
Harbiy prokuratura aybloviga deputatlar komissiyasining xulosasi asos bölib xizmat qildi.
2018 yil yanvarida butun Qirğiziston poytaxtini issiqlik va elektr bilan ta'minlaydigan Bişkek IESda avariya sodir bölgandi. Avariyadan söng modernizatsiyasi 386 million dollarga tuşgan IES atrofida mojaro kelib çiqdi. IES böyiça şartnoma tuzişda korrupsiyaga yöl qöyganlikda ayblanib qator amaldorlar, jumladan, sobiq boş vazirlar Sapar Isakov va Jantoro Satibaldiyev hibsga olingan.








