Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyat hokimi xorijda ta'lim olayotgan qashqadaryolik yoshlar bilan videomuloqot o‘tkazdi
2018 yilning 27 aprel kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan qashqadaryolik yoshlar bilan videokonferentsaloqa tizimi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqoti tashkil etildi.
Ushbu onlayn muloqot O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida xorijdagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish, ularni mamlakatimizda yosh kadrlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish, xorijda olgan bilim va tajribalarini yurtimizda amalga oshirishda ko‘maklashish, xorijdagi salohiyatli yoshlarni aniqlash va ularni yurtimiz sohalarini rivojlantirishga istiqbolda jalb qilish, xorijdagi yoshlarning imkoniyatlaridan foydalanib Qashqadaryo viloyatining turistik, iqtisodiy va investitsion salohiyatini targ‘ib qilish tizimini yo‘lga qo‘yish, yoshlarning ta'lim yo‘nalishlaridan kelib chiqib ularni viloyatdagi shu yo‘nalishda faoliyat olib boradigan tegishli davlat organlariga biriktirish va o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan muammolarni hal qilish choralarini ko‘rish maqsadida tashkil etildi.
Mazkur muloqotda Rossiya, Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog‘iston davlatlarida istiqomat qilayotgan viloyat yoshlari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida tashkil qilingan studiyalar orqali, shuningdek AQSh, Avstraliya, Daniya va jahonning turli mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan qashqadaryolik yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar yetakchisi Qahramon Quronboyevning Facebook tarmog‘idagi sahifasi orqali olib uzatildi. Yuqorida qayd etilgan davlatlarda mehnat qilayotgan, o‘qiyotgan 129 nafar qashqadaryolik yoshlar muloqotda ishtirok etish istagini bildirib ro‘yxatdan o‘tgan edi.
Tadbirda mas'ullarga xorijda tahsil olayotgan yoshlarni mutaxassisligi bo‘yicha davlat idoralarining viloyatdagi bo‘linmalariga biriktirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berildi. Muloqot natijalariga ko‘ra, viloyat rahbariyati tomonidan hududiy darajada amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan masalalarni hal qilish yuzasidan chora-tadbirlar, shuningdek xalqaro darajada hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan Hukumat rahbariyatiga taklif kiritilishi belgilab olindi. Yoshlar va hokim muloqoti viloyat hokimiyatining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali muntazam davom etishi e'lon qilindi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026