20:24 / 30.04.2018
6785

«Qizilqum» OKMKni yirik hisobda yengdi

Foto: Qizilqum FK matbuot xizmat

O‘zbekiston superligasining 9-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv Navoiyda bo‘lib o‘tdi. Unda «Qizilum» OKMKni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Nemanya Yovanovich penaltidan gol kiritib, hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Artur Gevorkyan farqni ikkitaga oshird. 87-daqiqada mezbonlar to‘purari Elguja Grigalashvili yana bir gol kiritib, hisobning yirik ko‘rinish olishini ta'minladi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Qizilqum» ochkolari soni 9taga yetdi va jamoa aynan OKMKni ortda qoldirib, 9-o‘ringa ko‘tarildi. OKMK esa 9 ochko bilan faqatgina to‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich tufayli 10-pog‘onaga tushdi.

O‘zbekiston Superligasi
9-tur

«Qizilqum» – OKMK 3:0 (1:0)
Gollar: Nemanya Yovanovich (36, pen), Artur Gevorkyan (63), Elguja Grigalashvili (87).
«Qizilqum»: 77. Yevgeniy Cheremisin, 4. Erkin Boydullayev, 5. Giorgiy Kvesiyeshvili, 10. Alisher Sanoyev, 11. Doniyor Usmonov, 14. Fayzulla Qambarov, 17. Artur Gevorkyan (18. Samandar Shodmonov, 86), 21. Muhsinjon Abdullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili, 84. Nemanya Yovanovich.
OKMK: 33. Pavel Matyash, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 4. Xurshidbek Muxtorov (77. Otabek Zokirov, 46), 8. Muzaffarjon Muzaffarov, 10. Shohnazar Norbekov, 15. Vladimir Bubanya, 19. Vladislav Kasminin, 21. G‘ulomhaydar G‘ulomov (17. Kamoliddin Murzoyev, 68), 23. Yovan Jokich, 24. Javlon Guseynov, 87. Vadim Chemirtan
Ogohlantirishlar: Abduqahhor Xojiakbarov (35), Javlon Guseynov (60), Erkin Boydullayev (69), Alisher Sanoyev (83).
Hakamlar: R.Ermatov (Toshkent), A.Rasulov (Toshkent), J.Saidov (Toshkent), F.Yansupov (Toshkent).

Top