Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zganing mashinasini sotib yuborgan shaxs ushlandi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ma'lum bo‘lishicha, 27 aprel kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil mart oyida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi, I.T. “Eski Jo‘va” dehqon bozorida B.R.ni aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, uning “Kobalt” rusumli avtomashinasini bir yil muddatga boshqarib yurish uchun olib, bir oy ichida unga boshqa “Kobalt” rusumli avtomashinasini olib berishini va'da qilgan.
Ushbu shaxs avtomashinani 8.500 AQSh dollariga sotib yuborib, bergan va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ma'lum bo‘lgan. I.T. ushlangan.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026