Jamiyat | 12:47 / 01.05.2018
4700
10 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatida mahalliy byudjyetning 1-chorak daromadlar reja ko‘rsatkichi ortig‘i bilan bajarildi

Foto: KUN.UZ

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Davlat byudjyeti daromadlar tushumini ko‘paytirish, qo‘shimcha soliq zaxiralarini izlab topish orqali soliq bazasini kengaytirish yuzasidan bergan topshiriqlaridan kelib chiqib, viloyat mahalliy byudjyetiga 2018 yil davomida tushirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha daromadlarning 7 ta yo‘nalishlari va 14 ta manbalari kesimidagi hisob-kitoblari ishlab chiqilib, viloyat hokimi tomonidan tasdiqlandi.

Ushbu yo‘nalishlar asosida 2018 yilda viloyat mahalliy byudjyetiga jami 221 mlrd.so‘m qo‘shimcha daromadlar tushirilishi rejalashtirilgan.

Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida moliya va soliq idoralari hamkorligida daromadlar bazasini kengaytirish va qo‘shimcha soliq zaxiralarini izlab topish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, viloyat mahalliy byudjyetining 1-chorak daromadlar reja ko‘rsatkichi 273,2 mlrd.so‘m belgilangan holda, chorak yakuni bilan mahalliy byudjyetga 332,0 mlrd.so‘m mablag‘ tushirildi yoki reja ko‘rsatkich 58,8 mlrd.so‘m (121,5 foiz) ortig‘i bilan bajarilishiga erishildi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 445-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan qo‘shimcha soliq zaxiralarini izlab topish bo‘yicha ko‘rilgan choralar hisobiga joriy yilning 1-choragi Mart oyining o‘zida qariyb 25,4 mlrd.so‘mlik soliqqa tortiladigan qo‘shimcha mablag‘lar aniqlandi va undirildi.

Jumladan,

  • Jismoniy shaxslarning mol-mulkini kadastr narxidan kelib chiqib soliq hisoblash orqali tushumni ko‘paytirish hisobiga 852,7 mln.so‘m;
  • Bozorlar va avtoturargohlardan byudjyetga daromadlar tushumini ko‘paytirish hisobiga 251,7 mln.so‘m;
  • Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarni aniqlab soliqqa tortish hisobiga
    164,5 mln.so‘m;
  • Kameral nazorat bilan soliq bazasini qamrab olishni ko‘paytirish hisobiga 6,9 mlrd.so‘m;
  • Yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzini sudgacha undiruvini to‘liq ta'minlash hisobiga 6,2 mlrd.so‘m;
  • Hududiy yo‘l harakati xavfsizligi idoralari va boshqa tashkilotlar tomonidan undiriladigan to‘lovlarni byudjyetga to‘liq o‘tkazilishini ta'minlash hisobiga 607,9 mln.so‘m;
  • Faoliyatini to‘xtatgan korxonalarni tiklash, moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda yangi loyihalarni ishga tushishi hisobiga
    556,2 mln.so‘m;
  • Tekshirish natijalariga ko‘ra qo‘shimcha hisoblangan soliqlarni undirish hisobiga 1,1 mlrd.so‘m;
  •  Aholiga yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatidan to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hududga to‘lash hisobidan
    6,8 mlrd.so‘m;
  • Yangi yaratilgan ish o‘rinlari hisobiga (daromad solig‘i undirilishini) 1,9 mlrd.so‘m qo‘shimcha daromadlar zahirasi aniqlandi va undirildi.

Byudjyetga daromadlarning ortiqcha tushirilishiga (56.8 mlrd.so‘m) qo‘shimcha mablag‘larni aniqlash (25,4 mlrd.so‘m) va yirik ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish xajmini ortishi va markazlashgan mablag‘lar hisobidan Paxtasanoat va Don mahsulotlari korxonalari uchun mablag‘larning ajratilishi imkon yaratildi.

Bugungi kunda Davlat byudjyeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta'minlash va mahalliy byudjyetlarning daromadlar bazasini kengaytirish yuzasidan hududiy moliya va soliq idoralari tomonidan hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliy ishlar olib borilmoqda.

2018 yil mahalliy byudejtni shakllanishi bo‘yicha

Andijon viloyati 2018 yil mahalliy byudjyet parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli, Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining 2017 yil 31 dekabrdagi 106/26-5-sonli, viloyat hokimining 2017 yil 31 dekabrdagi 866-q sonli qarorlari hamda Byudjyet Kodeksi talablari asosida shakllantirildi.

Byudjyet xarajatlarini xalqimiz uchun ochiq va oshkora bo‘lishini ta'minlash maqsadida, deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilgan holda, mahalliy byudjyet xarajatlarni rejalashtirishda adolatlilik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga rioya qilish talablari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Misol uchun, byudjyet xarajatlarini shaffofligini ta'minlash maqsadida, 2018 yilda ajratilgan byudjyet mablag‘laridan kelib chiqib, 2018 yilning 13 fevral kuni Andijon viloyati xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy byudjyetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasiga, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati – O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi viloyat Kengashiga,
Xalq Demokratik Partiyasi viloyat Kengashiga, Milliy tiklanish Demokratik Partiyasi viloyat Kengashiga hamda Adolat SDP viloyat Kengashiga tegishli xatlar yuborildi.

Shuningdek, Mahalliy byudjyet xarajatlarni rejalashtirishda adolatlilik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga rioya qilgan holda, deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilib, mahalliy byudjyetlarni shakllanishi va uning ijrosi bo‘yicha ma'lumotlarni gazetalarda, internetda (Kun.uz) hamda ommaviy axborot vositalarida, moliya bosh boshqarmasining veb-saytlarida keng yoritib borilmoqda.

Viloyat mahalliy byudjyetining xarajatlari joriy yilda Xalq Deputatlari Kengashi tomonidan qabul qilingan parametrlar doirasida ijro etilmoqda.

Mahalliy byudjyet ijrosi davomida xarajatlarni moliyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasida byudjyet muassasalarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari, ijtimoiy nafaqalar, Hukumat qarorlari, Davlat dasturlari bo‘yicha byudjyetda ko‘zda tutilgan xarajatlar, shuningdek, byudjyet muassasalarining oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal to‘lovlari bo‘yicha xarajatlari belgilanib, barcha xarajatlar to‘liq moliyalashtirildi.

Viloyat mahalliy byudjyetining 2018 yil 1-chorak ijrosi 560 mlrd. 103 mln.so‘mni tashkil qilib, rejaga nisbatan 95,3 foizga bajaridi. Jumladan,

- Umumiy ta'lim sohasi muassasalariga 281.3 mlrd.so‘m miqdorida, 96,6 foizga,

- Sog‘liqni saqlash sohasi muassasalariga 130,5 mlrd.so‘m miqdorida, 97,1 foizga,

- Madaniyat, sport va fan sohasi muassasalariga
12 mlrd.so‘m, yoki rejaga nisbatan 98.8 foiz miqdorida,

- Boshqaruv organlari sohasi muassasalariga 16,4 mlrd.so‘m miqdorida, 97.9 foizga

- Markazlashgan investitsiya xarajatlariga 22,4 mlrd.so‘m miqdorida, 92,8 foizga

- Iqtisodiyot xarajatlariga 11 mlrd.so‘m miqdorida yoki rejaga nisbatan 96,4 foizga

- Shuningdek, Aholini turmush farovonligini oshirish xarajatlari yoki o‘zini-o‘zi boshqaruv organlari tomonidan beriladigan ijtimoiy nafaqa hamda moddiy yordamlarga
29,4 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘larni moliyalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashni yaxshilash borasida 82.7 km ichimlik suvi tarmog‘i tortish hamda 20 ta yangi suv quduqlari qurish hamda rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkazilib, byudjyetdan 3,5 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘lar sarflandi.

Shuningdek, aholini tabiiy ofatlardan saqlash tadbirlari doirasida "Tentaksoy", “Maylisoy” hamda "Qoradaryo" qirg‘oqlarini ayrim hududlarida mustaxkamlash ishlari amalga oshirilib, 1 mlrd. 178 mln.so‘m miqdorida byudjyet mablag‘lari sarflandi.

2018 yil xar bir chorak yakuni bilan mahalliy byudjyet daromadlarining prognoz ko‘rsatkichini ortig‘i bilan bajarish hamda joriy yil xarajatlari rejasi ijrosini sifatli ta'minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hukumat qarorlari, Davlat dasturlari bo‘yicha byudjyetda ko‘zda tutilgan xarajatlar, shuningdek, byudjyet muassasalarining joriy hamda kapital tamirlash, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal to‘lovlari bo‘yicha xarajatlari belgilanib, barcha xarajatlar to‘liq moliyalashtirildi. Jumladan;

Xalq ta'limi sohasidagi muassasalarda joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ushbu amalga oshirilgan ishlarga  1 mlrd. 876 mln.so‘m xamda kapital ta'mirlash xarajatlariga 2 mlrd. 445 mln.so‘m miqdorida byudjyet mablag‘lari sarflandi.

Bundan tashqari muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarga oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish xarajatlariga 3 mlrd.
125 mln.
so‘m, kiyim-kechak sotib olish xarajatlari uchun
48 mln.so‘m, mebel va ofis jihozlari sotib olish xarajatlariga 788 mln.so‘m miqdorida byudjyet mablag‘lari sarflandi.

Maktabgacha ta'lim sohasidagi muassasalarda joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ushbu amalga oshirilgan ishlarga 2 mlrd. 51 mln.so‘m xamda kapital ta'mirlash xarajatlariga 905 mln.so‘m miqdorida byudjyet mablag‘lari sarflandi.

Shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarga oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish xarajatlariga 4 mlrd. 414 mln.so‘m, kiyim-kechak sotib olish xarajatlari uchun 104.5 mln.so‘m hamda mebel va ofis jihozlari sotib olish xarajatlariga 377 mln.so‘m miqdorida byudjyet mablag‘lari sarflandi.

Sog‘liqni saqlash sohasiga muassasalarda joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ushbu amalga oshirilgan ishlarga 1 mlrd. 225 mln.so‘m xamda kapital ta'mirlash xarajatlariga 3 mlrd. 021 mln.so‘m miqdorida byudjyet mablag‘lari sarflandi.

Huddi shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish xarajatlariga 3 mlrd. 428 mln. so‘m, kiyim-kechak sotib olish xarajatlari uchun 66.5 mln.so‘m, dori-darmon xarajatlariga 4 mlrd. 258 mln.so‘m hamda mebel va boshqa jihozlarlar sotib olish xarajatlariga 1 mlrd. 358 mln.so‘m miqdorida byudjyet mablag‘lari sarflandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid