Sport | 05:27 / 01.05.2018
28082
2 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedov va Makgregor jangi o‘tadigan joy ma'lum qilindi

Foto: lowkickmma.com

Mutlaq jangchilik chempionati prezidenti Dana Uayt rossiyalik va irlandiyalik jangchilar Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang faqatgina AQShda bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi.

“Agar bunday katta jang uyushtirsangiz, unda buni Las-Vegasda amalga oshirish kerak. Xabib qachondir Rossiyada jang o‘tkazishi mumkindir, biroq bu vaziyatda emas. Bu juda katta jang va u Las-Vegasda o‘tishi lozim”, deb aytgan Uayt.

Makgregor UFC’ning eng mashhur jangchilaridan biri hisoblanadi. Irlandiyalik 24 ta jang o‘tkazib, 21 tasida g‘alaba qozongan va 3 tasida mag‘lubiyatga uchragan. U UFC’dagi ilk chempionligini 2015 yilda qo‘lga kiritgan.

Nurmagomedov 2018 yil apreli boshida amerikalik El Yakvinta bilan jangda qo‘li baland kelib, UFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Rossiyalikning hisobida MMA’da 26 ta g‘alaba va birorta mag‘lubiyat yo‘q.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid