Las-Vegasdagi Donald Trampga tegişli mehmonxona oldida Cybertruck maşinasi portlagani haqida xabar berib, uning noodatiy ekanini aytgandik. Çindan bu işning orqasidan köpçilik kutmagan narsalar çiqmoqda. Ma’lum bölişiça, Tesla elektrokarini ijaraga olgan 37 yoşli Metyu Livelsberger portlaşni atay uyuştirgan. Portlaşdan avval maşina içida öz joniga qasd qilgan. Bu işni amerikaliklar e’tiborini öziga qaratiş uçun qilib, ularga xatlar qoldirgan.

Maxsus kuçlar zobiti

Vegasdagi portlagan maşina içida bölgan haydovçi jasadi tanib bölmaydigan darajada kuyib ketgan. Biroq uning yonidan çiqqan hujjatlar haydovçi 37 yoşli harbiy Metyu Alan Livelsberger ekanini körsatgan. Keyinçalik tibbiy ekspertiza ham jasad aynan şu harbiyniki ekanini tasdiqlagan. Livelsberger AQŞ armiyasi maxsus kuçlari safida katta serjant ekani aniqlandi. Öz joniga qasd qilgan kuni ta’tilda bölgan.

Metyu 28 dekabr kuni Denverda kibertrak ijaraga olib Las-Vegasga yöl oladi. Yöl-yölakay bir neçta şaharlarda töxtab ötadi. 30 dekabr kuni ikkita yarimavtomat sotib oladi. 1 yanvar tongda Las-Vegasga yetib boradi va mahalliy vaqt bilan soat 08:40 atrofida Trump International mehmonxonasi oldida töxtab, özini boyagi sotib olgan qurol bilan otib öldiradi. Şu vaqt maşinada yonğin boşlanib, portlaydi.

37 yoşli harbiy 2006 yildan buyon AQŞ armiyasi maxsus kuçlari safida xizmat qilib kelgan. Ukrainada, Gurjistonda, Kongoda xizmat qilgan, Afğonistondagi beşta harbiy missiyada iştirok etgan. Oxirgi iş joyi Germaniya bölgan.

U respublikaçi Donald Trampni qöllab-quvvatlagan. Hatto birinçi xotini Sara bilan 2016 yildagi saylovlarda fikri bir joydan çiqmagani uçun ajraşgan. Öşanda Sara Berni Sandersga, Metyu esa Donald Trampga ovoz bergan. Safdoşlari uni juda sodiq harbiy deb ta’riflagan, şuningdek, vatanparvar ekani, siyosatga qiziqişini ta’kidlagan. Harbiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida köplab siyosiy postlar joylagan.

Metyu öz joniga qasd qilişidan ikki hafta avval ikkinçi xotini bilan ham ajraşgan. Juvon erini xiyonat qilişda ayblagan. Yangi yil arafasida esa erkak sobiq ma’şuqasi bilan yozişib, unga kibertrakning suratlarini yuborgan. Ayolning aytişiça, Metyu öşanda yaxşi kayfiyatda bölgan va unda öz joniga qasd qiliş alomatlari sezilmagan.

«Amerika qulamoqda»

Endi bu hodisadagi eng muhim joyiga yetib keldik. Metyu Livelsberger yonida amerikaliklarga xat qoldirgan. Maşinani portlatişni esa ularning e’tiborini öziga qaratiş uçun qilganini yozgan.

«AQŞ tarixdagi eng zör davlat. Lekin endi davosiz dardga çalinib qulaş arafasidamiz», deb yozgan yonidagi kundalikdagi qaydlardan birida harbiy. Uning fikriça, hukumatdagilar faqat boyiş haqida öylaydi va amerikaliklar uyğonişi kerak.

AQŞ armiyasining iste’fodagi ofitseri, razvedkaçi Sem Şumeytning aytişiça, Livelsberger öz joniga qasd qilişidan bir neça kun avval unga xat yozgan va uni 1 yanvar kuni jurnalistlarga berişni söragan. Federal tergov byurosi va politsiya xatni çindan u yozganini tasdiqladi. Xatda aytilişiça, Xitoy AQŞ çegarasida suvosti kemasidan turib uçirgan dronlar AQŞ xavfsizligi uçun eng katta xavf hisoblanadi. Şuningdek, marhum harbiy AQŞ hukumatini Afğonistondagi harbiy jinoyatlarni yaşirişda ayblagan, hatto ularni yaşirişda qatnaşganini tan olgan.

AP Metyu Livelsbergerning yana bir xatini e’lon qildi. Unda harbiy öz harakatini tuşuntirib bergan: «Bu – terakt emas, ogohlik qönğiroği. Amerikaliklar faqat zöravonlik va vahimali narsalarga e’tibor berişadi. Fikrimni ularga yetkaziş uçun feyrverklar iştirokidagi tomoşadan yaxşiroq usul bormi?» degan öşa xatida harbiy.

Naşrning yozişiça, Metyu xatlaridan birida «ongini yöqotgan safdoşlari va öldirgan odamlarini öylaşdan» tozalaşi kerakligi haqida yozgan.

Nyu Orleandagi hodisa bilan öxşaşlik

Politsiya Las-Vegasdagi portlaş va Nyu Orleandagi yangi yil oqşomida amalga oşirilgan terakt örtasida boğliqlik yöq deb hisoblagan, lekin amerikaliklar bu ikki voqea örtasida juda köp öxşaşliklar borligiga e’tibor qaratgan. Masalan, Nyu Orleanda odamlar ustiga IŞID bayroği boğlangan maşinani haydab kamida 13 kişining ölimiga sabab bölgan Şamsuddin Jabbor va Vegasda kibertrakni portlatgan Metyu Livelsberger Şimoliy Karolinada bitta harbiy bazada xizmat qilgan, bir vaqtda Afğonistondagi operatsiyalarda qatnaşgan, maşinalarni ham bitta servis orqali ijaraga olgan.

Ötkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.