O‘zbekiston | 14:39 / 01.05.2018
7510
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zsanoatqurilishbank” tashqi moliyaviy bozorga chiqdi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Tojikistonning “Oriyenbank”i bilan imzolagan bitimi bo‘yicha “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha 5 million dollarlik birinchi tranzaksiyani amalga oshirdi.

Imzolangan banklararo bitimga ko‘ra, O‘zbekiston banki ilk bor xorijiy bankka O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini moliyalashtirish uchun kredit liniyasini taqdim etdi.

Yaqin vaqtlarda bank tomonidan o‘zbek tovarlari va xizmatlari eksportini rag‘batlantirishga qaratilgan uzoq muddatli kredit liniyalarini taqdim etish dasturini joriy qilish rejalashtirilmoqda.

“O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan taqdim etilayotgan mazkur bank instrumenti O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning tashqi bozorlardagi raqobatdoshligi va eksporti hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid