Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya parlamenti «Magnitskiy tuzatishlari»ni qabul qildi
Foto: iStock
Buyuk Britaniya parlamenti deputatlari «Sanktsiyalar to‘g‘risida va pul yuvish bilan kurashish choralari haqida»gi qonun loyihasiga «Magnitskiy tuzatishi» tuzatishlarini qabul qilishdi. Bu haqda Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson tvitterda xabar berdi.
Tuzatish inson huquqlarining qo‘pol buzilishlari uchun sanksiyalarni nazarda tutadi, bu AQShda 2012 yilda qabul qilingan Magnitskiy aktiga o‘xshashdir.
«Parlamentda muhim palla, sababi «Magnitskiy» tuzatishi inson huquqlarining jiddiy buzilishiga qarshi qaratilgan bo‘lib, u sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunga qo‘shildi. Bu Birlashgan Qirollikka butun dunyo bo‘ylab jiddiy huquqbuzarliklar uchun javobgar bo‘lgan shaxslarga qarshi tegishli harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi», - deya yozgan Jonson.
Avvalroq, Britaniya hukumati Rossiyadan bo‘lgan amaldorlarga qarshi «Magnitskiy qonuni»ga o‘xshash qonun loyihasini ishlab chiqish haqidagi qarorga kelishgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:53 / 24.12.2025
Greta Tunberg Londonda Falastinga bag‘ishlangan aksiyada qo‘lga olindi
18:13 / 19.12.2025
Britaniya «Rossiya bilan aloqalari tufayli» O‘zbekistonning 4 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
22:28 / 17.12.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan olgan daromadini Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishni talab qildi
12:08 / 17.12.2025