10:56 / 02.05.2018
28134

Mahallalarning fuqarolar yig‘inlari raislari va kotiblariga ish haqi tayinlash tartibi o‘zgartirildi

Foto: Uza

“Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1996 yil 10 dekabrdagi 437-son qarorining 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi hukumat qarori qabul qilindi. 

Adliya vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu hujjatga binoan, Vazirlar Mahkamasining yuqorida nomi qayd etilgan 1996 yil 10 dekabrdagi qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlandi. Ya'ni, “Bunda shunga amal qilinsinki, ish haqi (maosh) hududlarida kamida 500 oila yashaydigan mahallalarning fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqol)lariga va kotiblariga tayinlanadi”, degan qoida o‘z kuchini yo‘qotdi.

Bu bilan 500 nafardan kam aholi, lekin kamida 100 oila yashaydigan borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda ham tashkil etiladigan mahallalarning fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqol)lariga va kotiblariga ish haqi tayinlashning huquqiy mexanizmi yaratildi.

Qayd etilishicha, mazkur o‘zgarishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish va bunday qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarni aniqlash, bolali oilalarga nafaqalar to‘lash uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan belgilangan maqsadda va samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid
Top