«Mahalla infratuzilmasini yanada takomillaştiriş va Yangi Özbekiston qiyofasini şakllantiriş»ga qaratilgan ustuvor islohotlar dasturi loyihasiga köra, Mahallani rivojlantiriş milliy instituti hamda uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar hududiy filiallari taşkil etiladi.

Mahalla fuqarolar yiğini raislari hamda mahalla tizimidagi rahbar va mutaxassis kadrlarning aniq reja-grafikka asosan bir yilda bir marta malakasini oşiriş tizimini joriy qilinadi.

Milliy institutda “Mahalla boşqaruvi”, “Hududiy rejalaştiriş va rivojlaniş”, “Liderlik va barqaror rivojlaniş”, “Ijtimoiy loyihalarni boşqariş va muvofiqlaştiriş” ta’lim mutaxassisliklari böyiça magistratura bosqiçida quyidagi şartlarda öqitiş tizimi yölga qöyiladi:

– işlab çiqarişdan ajralgan holda bir yillik;

– işlab çiqarişdan ajralmagan holda ikki yillik öqitiş tizimi.

Özbekiston mahallalari uyuşmasi tomonidan Milliy institutga uning faoliyatini yölga qöyişi uçun 5 milliard söm mablağ ajratiladi hamda institut va uning hududiy filiallari bino bilan ta’minlanadi.

2026/2027 öquv yilidan boşlab jami 120 nafar mahalla tizimi xodimi va “mahalla yettiligi” vakili magistraturada öqişi taşkillaştiriladi.