Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rahmat Oqilov ishi bo‘yicha hukm chiqariladigan sana ma'lum qilindi
Shvetsiya poytaxti okrug sudi 7 iyunda 2017 yil aprelda Stokholm markazida odamlarning yuk mashinasida bosib ketilishi ishi bo‘yicha jazo hukmini chiqaradi.
“Hukm 7 iyunda e'lon qilinadi. Ayblanuvchi Rahmat Oqilov hukm chiqarilgungacha turmada qoladi”, deb aytgan okrug sudyasi.
2017 yil 7 aprelda Rahmat Oqilov o‘g‘irlangan yuk mashinasida Drottninggatan ko‘chasida odamlarni bosib ketgan. Buning oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohat olgan. Oqilov jinoyatni sodir etganini tan olgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, prokuratura Oqilovga dekportatsiya qilinishi bilan umrbod qamoq jazosi va Shvetsiyaga umrbod kirishga taqiqlov tayinlanishini so‘ramoqda.
Terakt bo‘yicha sud jarayoni 13 fevralda boshlangandi.
Mavzuga oid
12:38 / 02.10.2025
2025 yilgi muqobil Nobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi
16:26 / 29.01.2025
Stokholmda avtomobil Rossiya elchixonasi darvozasiga borib urildi
14:40 / 17.12.2024
O‘zbekiston Stokholm va Helsingborgda savdo uylarini ochmoqchi
12:40 / 04.10.2024