Özbekiston elçixonasi kömagida Şvetsiya Milliy savdo kengaşi tomonidan uyuştirilgan höl meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berişga bağişlangan vebinarda mamlakatimizning yetakçi eksportçi kompaniyalari vakillarining iştiroki taşkil etildi.
Şvetsiya va umuman olganda Skandinaviya mamlakatlari bozori meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiliş uçun jozibador bölib, uşbu davlatlardagi import narxlari jahondagi örtaça körsatkiçlardan yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Tadbirda Özbekistonda yetiştiriladigan meva va sabzavot mahsulotlari Şvetsiyaga asosan Niderlandiya, Ispaniya va Italiya davlatlari orqali kirib kelayotganligi ma’lum qilindi. Şu sababli, istiqbolda bevosita eksport tovarlarini yetkaziş maqsadida Stokholm va Helsingborg şaharlarida oziq-ovqat va meva-sabzavot uçun omborxonalar va savdo uylarini oçiş takliflari bildirildi.
Şvetsiyalik şeriklar höl meva va sabzavot mahsulotlari importi uçun talab etiladigan tarif va notarif çoralar, yirik savdo tarmoqlari bilan işlaş tartibi böyiça taqdimot ötkazişdi.
Vebinar davomida, şuningdek, Şvetsiya Milliy savdo kengaşining Open Trade Gate dasturi doirasida özbekistonlik kiçik va örta biznes vakillarini qöllab-quvvatlaş hamda eksportyor kompaniyalar xodimlarining kasbiy salohiyatini oşiriş masalalariga ham e’tibor qaratildi.











