Stokholm politsiyasi öz maşinasini Rossiya elçixonasi darvozasiga qarab haydab borgan erkakni qölga oldi. U diplomatik vakolatxona hududiga «qöpol noqonuniy kirişga» urinişda gumon qilinmoqda, dedi 28 yanvar, seşanba kuni politsiya matbuot kotibi Daniel Vikdal.

Uning sözlariga köra, elçixona darvozasini buzib kirişga uringanidan keyin erkak maşinada ötirgan holda qolgan. Qölga olingan şaxs taxminan 45 yoşda bölib, unga nisbatan dastlabki tergov oçilgan.

Rossiya elçixonasi: Ukraina fuqarosi ikki marta şunga öxşaş harakatlar sodir etgan

Voqea ortidan Rossiyaning Stokholmdagi elçixonasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida gumonlanuvçi «Şvetsiyada doimiy istiqomat qiluvçi Ukraina fuqarosi» ekanligini yozdi. U elçixonaga ham, mahalliy politsiyaga ham yaxşi taniş, çunki u 2015 va 2018 yillarda şunga öxşaş harakatlar sodir etgan, şundan söng u «ruhiy jihatdan noadekvat deb topilgan» va «Şvetsiya rasmiylari tomonidan tegişli davolaniş uçun yuborilgan», deyiladi xabarda.

«Sönggi paytlarda u yana Stokholmdagi Rossiya xorijiy vakolatxonalariga qarşi provokatsion harakatlarni amalga oşira boşladi», deb yozadi rossiyalik diplomatlar. Ular bu şaxs ustidan politsiya va Şvetsiya Taşqi işlar vazirligiga şikoyat qilganliklarini, ammo jiddiy çora körilmaganini aytişdi.