Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy bahsli orollarga raketa majmualarini maxfiy tarzda joylashtirdi
Foto: REUTERS
Xitoy hukumati Janubi-Xitoy dengizidagi Spratli bahsli orollariga kemalarga qarshi raketa majmualari va havo hujumidan mudofaa tizimlarini maxfiy tarzda joylashtirdi. Bu haqda CNBC telekanali manbalarga asosan xabar bermoqda.
Razvedkadagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Janubi-Xitoy dengizida Filippindan g‘arbdagi to‘rtta mustahkamlangan forpostdan uchtasiga majmualarni joylashtirgan, bu so‘nggi 30 kun davomida ro‘y bergan.
Telekanalning ta'kidlashicha, o‘rnatilgan tizimlar kemalarga taxminan 546 kilometr masofadan va havodagi obektlarga taxminan 296 kilometrdan zarba berishi mumkin.
Spratli – Janubi-Xitoy dengizidagi arxipelag bo‘lib, Xitoy, Filippin, Vetnam, Tayvan, Bruney va Malayziya ushbu orollarni o‘ziniki deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
15:42 / 14.01.2026