22:31 / 05.05.2018
9028

Harbiylar 19 nafar farzandni kamolga yetkazgan urush qatnashchisining uyida bo‘lishdi

Markaziy harbiy okrugidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari Jizzax shahri Baxmal tumanidagi Zartepa qishlog‘ida istiqomat qilayotgan 92 yoshli urush qatnashchisi Xojibobo Ashurmatov holidan xabar olishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Turot va Toshbuvadan yolg‘iz farzand Xojibobo Ashurmatov dalada omoch haydayotgan pallada urushga chaqirildi. 16 yoshli o‘spirin qariyb sakkiz yil umrini qonli janggohlarda o‘tkazib, Berlin ostonalarigacha kirib bordi. U bilan frontda bo‘lgan baxmallik urush qatnashchilari Eshmurod Turdiyev, Bozorboy Qo‘shanov hamda G‘iyos Bekanov bugun mana shunday faraxbaxsh kunlarda keksalik gashtini surmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Xojibobo va Zuhra aya (birinchi turmush o‘rtog‘i Qiziloy aya 1983 yilda vafot etgan) 19 farzandni tarbiyalab, kamolga yetkazdi. Eng kichik qizi Muhayyo Turotova 22 yoshda, buni qarangki, otaxon 70 yoshga kirganda, qizaloq dunyoga keldi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Muhayyo otasi haqida faxrlanib, to‘lqinlanib gapirdi. Harbiylar bilan qizg‘in suhbatda u otasi yaratgan bog‘ haqida, urushdan keyingi cho‘ponligi, imomlik faoliyati va masjid qurilishidagi hissasi hamda 1999 yilda haj safariga borganligini so‘zlab berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Harbiy xizmatchilar urush qatnashchisi Xojibobo Ashurmatovni bayram bilan tabriklab, sovg‘alar ulashdi.​

 

Mavzuga oid
Top