21:16 / 05.05.2018
10610

Vitaliy Denisov «Lokomotiv» bilan Rossiya chempioni bo‘ldi

Foto: RIA "Novosti"

Moskvaning «Lokomotiv» klubi o‘z maydonida «Zenit» bilan bahslashdi. O‘yinning 88-daqiqasida portugaliyalik hujumchi Eder tomonidan urilgan gol yagonaligicha qoldi. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov «temiryo‘lchilar» zaxirasida qoldi.

Bu natijadan so‘ng, «Lokomotiv» muddatidan oldin uchinchi bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Foto: RIA "Novosti"
Foto: RIA "Novosti"
Foto: RIA "Novosti"
Foto: RIA "Novosti"

RFPL, 29-tur
Lokomotiv – Zenit 1:0 

5 may, «Lokomotiv» stadioni
Gol: 1:0 – 87 Eder. 
Lokomotiv – Gilerme, Rybus, Chorluka (Peychinovich, 46), Kverkveliya, Farfan, Miranchuk (Eder, 79), Fernandesh, Ignatev, Tarasov, I.Denisov, Miranchuk.
Zenit – Lodigin, Krishito, Mevlya, Smolnikov (Poloz, 81), Kuzyayev, Jirkov (Pletnev, 69), Paredes, Kranevitter, Yeroxin, Zabolotniy, Driussi.
Ogohlantirishlar: Driussi (24), Ignatev (25), Kuzyayev (55), Kranevitter (62), Paredes (67), Mevlya (76).

Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamizda to‘p surgan hamyurtlarimizdan Mirjalol Qosimov (1995, «Alaniya» Vladikavkaz), Ja'far Irismetov (2001, «Spartak» Moskva), Aleksandr Geynrix (2003, TsSKA Moskva) va Andrey Fyodorov (2008, «Rubin» Qozon) ham Rossiya chempionligini qo‘lga kiritishgan.

Top