Jahon | 07:20 / 06.05.2018
10011
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng boy odamlaridan biri AQSh va Xitoy yana uzoq yillar superdavlatlar bo‘lib qolishini bashorat qildi

Foto: Andrew Harnik / AP

AQSh va Xitoy savdo urushiga kirishi dargumon, biroq bunday ikkita superdavlatlar orasida ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin, deb aytdi dunyoning 3-raqamli eng boy odami, Berkshire Hathaway jamg‘armasi rahbari Uorren Baffett aksiyadorlar bilan har yili o‘tuvchi uchrashuvda.

Baffetning aytishicha, erkin savdodan foyda “ulkanligi” va “dunyo bunga bog‘liqligi” ayon narsadir. “Biz vaqti-vaqti bilan ozgina ahmoqona ishlar qilib turishimiz mumkin”, deb aytgan sarmoyachi va savdo defitsiti “dunyodagi eng yomon narsa emasligini” qo‘shimcha qilgan.

“AQSh va Xitoy iqtisodiyot nuqtai nazaridan va boshqa sohalarda uzoq yillar davomida superdavlatlar bo‘lib qoladi”, deb aytgan Baffett. Bu ikki davlatda “umumiy manfaatlar ko‘pdir va ular orasida boshqa istalgan katta iqtisodiy sub'yektlar kabi ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin”, deb tushuntirgan sarmoyachi. “Dunyo savdo qilishi yutqiziqsiz vaziyatdir”, deb xulosa qilgan sarmoyachi.

Pekinda AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin boshchiligidagi delegatsiya bo‘lib, xitoylik hamkasblari bilan savdo urushining oldini olish shartlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar barcha masalalar bo‘yicha kelisha olmagan bo‘lsalar-da, Mnuchin muzokaralarni “juda yaxshi” deb baholagan.

Bloomberg axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Vashington Pekindan savdo defitsitini 2020 yil oxirigacha 200 mlrd dollardan kamroqqacha qisqartirishni, intellektual mulkka huquqlar himoyasini kuchaytirishni talab qilgan. Pekin, o‘z navbatida, AQShdan Xitoy investitsiyalarini tahqirlamaslikni va yangi sarmoyalarni cheklamaslikni, Xitoy mahsulotlariga 25 foizlik bojlardan voz kechishni talab qilgan. 

Mavzuga oid