Qozog‘iston o‘z fuqarolarini AQSh Florida va Jorjiya shtatlarini tark etishga chaqirdi
«Milton» to‘foni Florida shtatiga yaqinlashmoqda. Bu tarixdagi eng halokatli ofat bo‘lishi mumkin.
Qozog‘iston Respublikasining AQShdagi elchixonasi qozog‘istonliklarni Florida, Jorjiya va Janubiy Karolinadan zudlik bilan evakuatsiya qilinishga chaqirdi. Gap shundaki, shtatlarga so‘nggi 100 yildagi eng kuchli to‘fon – «Milton» yaqinlashmoqda.
«Florida hukumati bir nechta okruglarda majburiy evakuatsiya e’lon qildi. Barcha aholiga ehtimoliy favqulodda qo‘ng‘iroqlarga va zudlik bilan evakuatsiya qilishga tayyor turish tavsiya etiladi», deyiladi xabarda.
Qozog‘iston Respublikasining AQShdagi elchixonasi qozog‘istonliklarni mahalliy hokimiyat ko‘rsatmalariga amal qilishga va favqulodda holatlarda darhol diplomatlarga murojaat etishga chaqirdi.
AQSh Milliy to‘fon markazi ma’lumotlariga ko‘ra, «Milton» to‘foni 10 oktyabrdan 11 oktyabrga o‘tar kechasi Floridaning g‘arbiy qismiga yopiriladi. Jorjiya va Janubiy Karolinaning qirg‘oq hududlari ham bo‘ron xavfi ostida bo‘lishi mumkin.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bu dovul oltinchi toifa darajasiga yetishi mumkin. Uning tezligi allaqachon 257 km/soatga yetgan. Hududdagi 5,5 million kishi evakuatsiya qilishga chaqirilgan.
Bir hafta oldin Florida shtatiga «Helen» to‘foni yetib keldi. Shunda 230 nafarga yaqin odam halok bo‘ldi. «Milton», sinoptiklarning fikriga ko‘ra, «Helen»dan ikki baravar kuchli bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
19:29 / 20.12.2024
Reuters: Bayden administratsiyasi Ukrainaga oxirgi harbiy yordam paketini e’lon qilishga tayyorlanmoqda
13:43 / 20.12.2024