16 yoşli Maykl Artiaga “Tetris” öyinining 255-darajasigaça yetib bordi, şundan söng öyin nol darajaga tuşib, yangidan boşlandi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Dam oliş kuni ösmir Nintendo versiyasidan öynab, jarayonni Twitch platformasida jonli efirda körsatdi. Amerikalik ösmir dogplayingtetris taxallusi ostida öynagan. U 82 daqiqa içida 255 ta bosqiçni bosib ötdi. Naşrning aniqlaştirşiça, öyinçi Nintendo Entertainment System (NeS) konsoli uçun yaratilgan öyin versiyasidan foydalangan. Bu versiya 155-bosqiçdan keyin xatoliklarga yöl qöymasligi aytilgandi.
Ma’lum qilinişiça, şu tariqa, bola tarixda “Tetris”ni nol darajaga tuşirişga muvaffaq bölgan birinçi odamga aylandi.
“Öyin tugaganidan juda xursandman. Boşqa heç qaçon bu öyinni öynaşni xohlamayman”, — deya Mayklning sözlarini keltirmoqda naşr.
Bunga qadar oklaxomalik 13 yoşli Uillis Gibsonning rekordi ma’lum edi. U 2024 yilning yanvar oyida öyinni 157-darajagaça öynagan, şundan söng keyingi dasturiy kod mavjud bölmagani sababli öyin töxtab qolgan. Bu haqda The New York Times naşrida xabar berilgandi.
“Tetris” öyinini 1984 yilda sovet dasturçisi Aleksey Pajitnov yaratgan. Boşqotirma öyinda yuqoridan tuşayotgan turli şakldagi bloklar töğri joylansa, pastki qatorlar asta-sekin yöqolib boradi va yangi bloklarga joy oçiladi. Ular ekran yuqorisigaça töplanib qolsa, öyin tugaydi. Bu öyin ayniqsa AQŞ, Yevropa va Yaponiyada ommalaşgan.
Agar öyinçi tuşayotgan bloklarni töğri joylaştira olsa, “Tetris” çeksiz davom etişi mumkinligi taxmin qilinadi. Uzoq vaqt davomida öyinning eng sönggi bosqiçi 29-bosqiç deb qaralgan. Biroq sönggi yillarda tobora köproq öyinçilar undan ham yuqori bosqiçlarga ötmoqda.
















