AQŞ Davlat departamenti fuqarolari Green Card DV-2026 lotereyasida qatnaşa olmaydigan davlatlar röyxatini e’lon qildi. Bu yil 18 davlat istisno röyxatiga kiritilgan.
Uşbu davlatlardan sönggi beş yil içida 50 mingdan ortiq fuqaro AQŞga köçib kelgan. Şu sababli ular 2026 yilgi Green Card DV-2026 lotereyasida iştirok etolmaydi.
Ular: Bangladeş, Braziliya, Kanada, Xitoy (şu jumladan Honkong), Kolumbiya, Dominikana Respublikasi, Salvador, Haiti, Honduras, Hindiston, Yamayka, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Filippin, Koreya Respublikasi, Venesuela, Vetnam.
Şuni ta’kidlaş kerakki, Xitoy umumiy istisno qilinganiga qaramay, Makao va Tayvanda tuğilganlar lotereyada qatnaşiş huquqini saqlab qoldi.
Bundan taşqari, Davlat departamenti quyidagi Green Card lotereyasini röyxatdan ötkaziş sanalarini e’lon qildi:
DV-2026 lotereyasiga röyxatdan ötiş 2024 yil 2 oktyabrdan 2024 yil 5 noyabrgaça bölib ötadi.
DV-2026 lotereyasi natijalari 2025 yil 3 maydan e’lon qilinadi.












