“Milton” töfoni Floridaning markaziy ğarbiy qirğoğida, Sarasota şahri yaqinidagi Siyesta-Ki oroli hududida quruqlikka çiqdi. Bu haqda AQŞ dovullarni örganiş milliy markazi xabar berdi.

Sönggi soatlarda Floridaning qirğoq böyidagi şaharlaridan okean sathining tez kötarilayotgani haqida xabarlar kela boşladi. “Milton”ning ta’sir doirasidagi köplab aholi punktlari past qirğoqda joylaşgani sababli böron ularga nafaqat kuçli şamollar, balki sunami kabi halokatli suv toşqini xavfini ham tuğdirmoqda.

Foto: Reuters

Florida gubernatori Ron de Santis joriy vaziyat böyiça brifing ötkazib, “Milton” qirğoqqa çiqqanini e’lon qildi. U dovulning asosiy zarbasidan oldin ştatda kamida 19 ta tornado qayd etilganini ma’lum qildi.

Qurbonlar qayd etildi

Floridaning şarqiy sohilidagi Sent-Lyusi okrugida halok bölganlarning jasadlari topilgani ma’lum qilindi. Bu haqda CNN mahalliy şerif Kit Pirsonga tayanib xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

“Aniq raqamni aytmaymiz, ammo şuni ta’kidlaşim mumkinki, allaqaçon bir neçta marhumning jasadini topdik”, — deya uning sözlarini keltirdi telekanal. Şuningdek, şerif mintaqadagi yuzlab uylar “butunlay vayron bölgani”ni aytdi.

Floridada yarim million iste’molçi elektr ta’minotisiz qoldi

“Milton” Floridaga asosiy zarbani bermasdan oldin, uning atrofidagi kuçli şamollar, tornado va jala butun ştat böylab yuz minglab abonentlarni elektr energiyasidan mahrum qildi.

PowerOutage.us xizmati xabar berişiça, Florida ştatining turli okruglarida 500 mingga yaqin uy va kompaniyalar elektr ta’minotidan uzilgan.