20:52 / 07.05.2018
3832

MIT haydovchisiz avtomobillarning 3D-xaritasiz harakati uchun tizim ishlab chiqdi

Massachusets texnologiyalar instituti va Toyota mutaxassislari haydovchisiz avtomobillarga uzoq yo‘llarda Google va boshqa yirik kompaniyalar tomonidan foydalaniluvchi 3D-xaritalarsiz harakatlanish imkonini beruvchi tizim taqdim etdi.

MapLite tizimi avtopilotni 3D-xaritadan foydalanmagan holda yo‘lni to‘g‘ri topishga o‘rgatishi lozim. U joy haqidagi ma'lumotni GPS yordamida oladi va bu ma'lumotni «lokal» nuqtalar orqali yo‘nalish yakuniy punktini qidirish uchun qo‘llaydi.

Avtomobil ichki datchiklar yordamida bu nuqtalar o‘rtasida yo‘nalishlarni tuzadi, lidar esa unga yo‘l chetidan chiqmaslikka yordam beradi. Chorrahalar yoki boshqa yo‘l qismlaridagi harakat uchun universal parametrik modellar javob beradi.

Sinov vaqtida MapLite, lidar va datchiklar bilan jihozlangan Toyota Prius avtomobili Massachusets shtatidagi Devense yo‘llarida muvaffiqiyatli harakatlandi. Mashina o‘z oldidagi yo‘lni 30,5 metrlik masofada «ko‘rgan».

MapLite haydovchisiz avtomobillar uchun yanada ko‘proq yo‘llarni ochishga yordam beradi, biroq oldinda hali ish ko‘p, deya tan olishgan MIT’dan. Hozircha tizim faqat tekis yo‘llardagi harakatga moslashtirilgan – u hali tog‘ yo‘llari bilan ishlashga o‘rganib olishi kerak.

 

Mavzuga oid
Top