Sport | 20:48 / 07.05.2018
5805
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo chempionati. O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi Eronga mag‘lub bo‘ldi

Foto: The-afc.com

Tailandda futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bugun Osiyoning amaldagi chempioni Eronga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 2:9 hisobida yutqazdi. Terma jamoamiz tarkibida gollarga Tanzila Zarbiyeva hamda Rushaniya Safina mualliflik qilishdi. Dastlabki turda vakillarimiz Turkmaniston ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongani tufayli, guruhda 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Endi Avaz Maxsumov shogirdlari 9 may kuni chorakfinalda Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.  O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. 

Futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati.
Eron — O‘zbekiston 9:2
Eron: Tavasoliy Farzona, Sora Shirbegiy, Farishta Karimiy, Nasima G‘ulomiy, Fatima Etedodiy.
O‘zbekiston: Z.Nazarova, I.Turdaliyeva, F.Turdiboyeva, T.Zarbiyeva, N.Kudratova.
Zaxira: M.Burhonova, N.Kamoltoyeva, X.Dadaboyeva, I.Turdaliyeva, R.Safina, M.Shoyimova, M.Jonimqulova, T.Zarbiyeva,

Mavzuga oid