Sport | 18:50 / 11.02.2018
17462
1 daqiqa o‘qiladi

Futzal. Eron 12 karra Osiyo chempioniga aylandi

Foto: The-afc.com

Xitoy Taypeyida mezbonlik qilgan futzal bo‘yicha 15-Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Finalda Yaponiya va Eron terma jamoalari to‘qnash kelishdi.

Uchrashuvda eronliklar to‘liq ustunlikka ega bo‘lishdi va kutilganidek yirik hisobda g‘alaba qozonishdi — 4:0.

Natijada fors mamlakatidan tashrif buyurgan jamoa o‘z tarixida 12-marta Osiyoda tengsiz jamoa deb topildi.

Futzal. Osiyo chempionati
Final

Yaponiya - Eron 0:4 (0:1)
Gollar: 
Hasanzoda 19, 28, Tavakkali 21, Tayibi 39.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun bahsda Iroqni mag‘lub etib bronza medallariga ega chiqdi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov

Mavzuga oid