Futzal böyiça Xitoy Taypeyida davom etayotgan Osiyo çempionatida yarim finalning ikkinçi uçraşuvi bölib ötdi. Unda Özbekiston terma jamoasi Eron terma jamoasiga qarşi maydonga tuşdi.
Birinçi bölimning özida raqib Özbekiston terma jamoasi darvozasini işğol qilişga muvaffaq böldi. Ikkinçi bölimda esa nisbatan osonroq keçgan öyinda Özbekiston terma jamoasi ham gol urişning uddasidan çiqa olişdi.
Jvidning het-triki, Hasanzoda va Tayibiyning dubllariga Özbekiston terma jamoasi vakili Rahmatov faqat bitta gol bilan javob qaytara oldi. Natijada Eron terma jamoasi final yöllanmasini qölga kiritdi.
Endilikda Özbekiston terma jamoasi 3-örin uçun bahsda Iroq terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Öyin 11 fevral kuni soat 13:00da boşlanadi
Futzal. OÇ-2018, yarim final.
Eron – Özbekiston 7:1 (5:0)
Gollar: Javid (3, 16, 16), Hasanzoda (4, 31) Tayibiy (11, 36) - A.Rahmatov (40).










