Paynet faoliyati to‘xtatilmaydi, balki aholiga yanada qulay xizmat ko‘rsatishni boshlaydi

Foto: Xalq banki
Internet tarmoqlarida «O‘zbekistonda PAYNET faoliyati to‘xtatiladi» mazmundagi aholini chalg‘ituvchi xabarlar tarqalmoqda.
Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda imzolangan qaroriga ko‘ra, endilikda “UzPaynet” MChJ faoliyati to‘xtatilmay turib, Xalq banki tizimida Paynet savdo belgisi ostida o‘z faoliyatini aholiga yanada qulay tartibda davom ettiradi.
Bunda, faqatgina “UzPaynet” MChJning mulkchilik shakli o‘zgargan holda, uning barcha majburiyatlari Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki zimmasiga o‘tkaziladi.
Gap shundaki, Xalq banki tomonidan Paynet orqali amalga oshirilayotgan to‘lov tizimi yanada takomillashtirilib, yangi zamonaviy xizmat turlari taklif etib boriladi.
Xususan, bugungi kunda, Paynet mobil ilovasi joriy qilingan bo‘lib, aholidan ko‘plab to‘lovlar qabul qilib kelinmoqda.
Qayd etish joizki, Xalq banki yurtimizda eng yirik tarmoqqa ega, ya'ni respublikamizning barcha hududlarini to‘liq qamrab olgan bank hisoblanib, o‘zining 200 ga yaqin filiallari va 3 mingdan ortiq muassasalari orqali aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bugungi kunda Raynet shoxobchalari orqali aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni endilikda Xalq banki filiallari, muassasalari hamda Raynet shoxobchalari orqali yanada kengroq, qulayroq tarzda ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Marin Le Pen qamoqqa hukm qilindi
Jahon | 18:22
-
Professional bo‘lmagan astronavtlardan iborat ekipaj tarixda ilk bor Yer qutblari ustidan uchib o‘tadi
Jahon | 18:22
-
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi
O‘zbekiston | 18:19
-
Mask ketadi, DOGE ham o‘z faoliyatini to‘xtatadi – Tramp
Jahon | 18:12
Mavzuga oid

09:30 / 29.03.2025
Paynet va Asaka Bank strategik memorandum imzoladi

17:00 / 21.03.2025
Paynet: 2024 yil yakunlari va joriy yil rejalari haqida

20:43 / 28.02.2025
Qo‘qonda bank xodimlari moddiy yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirib yubordi

16:19 / 13.01.2025