Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Yevropa o‘rtasida «vositachi» orqali urush yuz berishi mumkinligi aytildi
Foto: Facebook / Dr. Marc Jongen
Germaniya bundestagining «Germaniya uchun muqobil» partiyasidan deputati Mark Yongen keskinlik oshadigan bo‘lsa, Yevropa va Rossiya o‘rtasida bevosita harbiy to‘qnashuv yuz berishi mumkinligini istisno qilmadi. Bu haqda u Sputnik’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-Yevropa munosabatlari 10-15 yildan so‘ng qanday rivojlanishi bo‘yicha eng aniq ssenariyni belgilab olish mushkuldir.
«Agarda keskinlik hozirgidek ortib borsa, bizni «vositachi» orqali harbiy qarama-qarshilik kutib turibdi. Muhim so‘z «Ukraina». Agarda «Germaniya uchun muqobil» kabi partiyalar Yevropadagi o‘z ta'sirini mustahkamlasa va o‘z mamlakatlarini boshqarishda ishtirok etishsa, biz Rossiya bilan yanada qalin alyansga kelamiz. Shunda sanksiyalar kabi zararli narsalarsiz madaniy hamda savdo aloqalarni davom ettira olamiz», - deya ma'lum qilgan Yongen.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya harbiy byudjyetni oshirishi mumkin ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:56 / 04.04.2026
Rossiyada naqdsiz to‘lovlarda ommaviy uzilish kuzatildi. Bu VPN'larni bloklashga urinish bilan bog‘lanmoqda
09:50 / 04.04.2026
Ukrainaga kuchli zarbalar: qurbonlar soni kamida o‘n kishiga yetdi
10:35 / 03.04.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi mumkin
09:04 / 03.04.2026