Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya harbiy byudjyetni oshirishi mumkin
Germaniyaning Bundestagidagi Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqlar fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Yoxan Vadefulning ma'lum qilishicha, Germaniya harbiy byudjyetini 2021 yilgacha milliy YaIMdan 1,5 foizgacha oshirish bo‘yicha rejani qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Reuters xabar qilgan.
«Koalitsiya kelishuvi tushunarli. Katta koalitsiya o‘zining xalqaro majburiyatlari bo‘yicha to‘lashga rozi bo‘ldi, bu ham mudofaa sohasiga, ham rivojlanishga ko‘mak ko‘rsatish masalalariga aloqador», - deya ta'kidlab o‘tdi Vadeful.
Shuningdek uning qayd etishicha, mudofaaga xarajatlarni 49 mln yevroga oshirishni nazarda tutuvchi prognozni «to‘g‘ri va real» deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Germaniyaning aksariyat qiruvchi samolyotlari yaroqsiz holatda ekanini xabar qilgandi.
Mavzuga oid
10:00
Germaniyadagi qonli hujumda olti kishi halok bo‘ldi
18:50 / 29.06.2026
Porsche yangi 911 GT4 R poyga avtomobilini taqdim etdi
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
20:30 / 28.06.2026