Tarixçi Anvar Nazir Ikkinçi jahon uruşi, Ğalaba kuni va SSSR tarixiga oid xalq orasida tarqalgan yolğonlarni sanab ötdi.

1. Ikkinçi jahon uruşi 1941 yili boşlangan va uni Germaniya boşlaganmi?

Aslida Ikkinçi jahon uruşining boşlanişida SSSRning ham iştiroki bor. 1939 yilning 23 avgustida SSSR bilan Germaniya örtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik töğrisida şartnoma imzolangandi. Bu şartnomaning maxfiy qöşimça ahdnomasiga muvofiq, Germaniya va SSSR Şarqiy Yevropada öz ta'sir doiralarini bölib olişi közda tutilgandi. Har ikki mamlakat manfaatlari, avvalo Polşa davlati bilan boğliq edi. Sovet tomoni Ğarbiy Ukraina, Ğarbiy Belarus va Bessarabiya (1921 yilda boy berilgan) hududlarini qaytarib olmoqçi edi.

1939 yilning 1 sentabrida Germaniya Polşaga bostirib kirdi va Ikkinçi jahon uruşini boşlab berdi. 3 sentabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarşi uruş e'lon qildi. SSSR 1939 yilning 17 sentabrida Polşa hududiga qöşin kiritdi. Köp ötmay Brestda nemis qömondoni T. Guderian va sovet generali S. M. Krivoşeiy qömondonligida Polşaning bölib olinişi munosabati bilan qöşma sovet-german paradi ötkazildi.

Foto: zurnalist.io.ua

RKKA (Raboçe-krestyanskaya Krasnaya armiya) va Germaniyaning Vermaxti birgalikda Polşani bölib olişdi. Hozirgi Belarus hududidagi Brest şahrini Gitler 1939 yili Stalinga polyaklardan kuç bilan tortib olib bergandi va 1945 yildan söng ham Şarqiy Yevropaning xaritasi özgarmay qoldi.

SSSR bu uruşdan manfaatdor edi: Ikkinçi jahon uruşi sovetlar davlati uçun öz hududlarini kengaytirişda zarur edi va Gitler ham şunday maqsadni öz oldiga qöygandi - şu bosqinçilik siyosati Stalin bilan Gitlerni birlaştirdi.

1939 yil noyabridan 1940 yil martigaça SSSR va Finlyandiya örtasida uruş bölib ötdi. Bu uruş natijasida SSSR Finlyandiyaning bir qator hududlarini tortib olib, şimoli-ğarbiy çegaralarini mustahkamlab oldi, bugungi Sankt-Peterburg şahri yaqinidagi Viborg şahri, Finlyandiyaga yondoş joylaşgan Kareliya respublikasi aynan şu uruş davomida egallangan.

1940 yil yozida şu uruşdan foydalanib SSSR rasmiy talab bilan bilan Ruminiyani Bessarabiya va Şimoliy Bukovinani berişga majburladi, buning natijasida Moldaviya SSR ittifoq respublikasi paydo böldi (asli moldovan degan millat yöq, bular ruminlardir). 1940 yilning iyunida esa Estoniya, Latviya, Litva sovet qöşinlari tomonidan bosib olindi.