O‘sha paytda nemislar tomoniga o‘tib ketgan yoki ular tomonida turib sovet armiyasiga qarshi jang qilganlar soni ancha ko‘p edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra sotqinlik qilib nemislar tomoniga o‘tib ketganlar eng ko‘p SSSR (asosan ruslar) va Fransiya fuqarolari bo‘lgan.

Nemislar SSSRga bostirib kirgach turli yillarda yigirmadan oshiq turli guruhlar ular tomonida turib jang qilgan. Bu guruhlarning qo‘mondonlari va jangchilari asosan sovet fuqarolaridan iborat bo‘lgan.

Jumladan:

  • Rossiya ozodlik armiyasi (ROA) (general Vlasov boshchiligida);
  • Rossiya ozodlik xalq armiyasi (Branislav Kaminskiy boshchiligida);
  • Rossiya xalqlarini ozod qilish komiteti (KONR);
  • Rossiya milliy-sotsialistlar mehnat partiyasi (Konstantin Voskoboynik boshchiligida);
  • Bolshivizmga qarshi kurashish ittifoqi (Mixail Oktan boshchiligida);
  • 29-ko‘ngilli piyodalar «RONA» diviziyasi;
  • Vermaxtning 9-rus otryadi;
  • «Shelon» rus batalioni;
  • Muravyov batalioni;
  • 29 va 30-ko‘ngilli piyodalar diviziyalari (Bularga nemislar boshchilik qilgan;
  • Rus millatchilarining jangovor ittifoqi (podpolkovnik Vladimir Gil boshchiligida);
  • «Varyag» ko‘ngillilar otryadi;
  • «Desna» ko‘ngillilar polki;
  • Bolshivizmga qarshi kurash siyosiy markazi (Ivan Bessonov boshchiligida);
  • «Drujina» rus milliy brigadasi (Gilya Radionov boshchiligida);
  • Rus milliy xalq armiyasi (bir necha kishi qo‘mondonlik qilgan);
  • «Russland» diviziyasi (Boris Smislovskiy boshchiligida);
  • Rus korpusi (bir necha kishi qo‘mondonlik qilgan);